Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Radamel Falkao "Chelsi" bilan APL va YeChLda g‘olib bo‘lishni sabrsizlik bilan kutmoqda
"Monako"ning "Chelsi" tomonidan ijaraga olingan kolumbiyalik hujumchisi Radamel Falkao londonliklar a'zosi sifatidagi ilk fikrlarini bildirdi.
"Chelsi"ga kelganimdan juda xursandman. Bu jamoa bilan APL va YeChLda g‘olib chiqish uchun kurashga kirishishni sabrsizlik bilan kutmoqdaman", deb yozadi u o‘z tvitterida.
Biroz oldinroq, "Chelsi" bu futbolchining transfer huquqini mavsum oxiriga qadar to‘la sotib olishi mumkinligi haqida xabar paydo bo‘lgandi.
Ma'lumot uchun, ushbu 29 yoshli hujumchi o‘tgan mavsumda "MYu" safida ijara asosida harakat qilib, 26 marta maydonga tushgan hamda 4ta gol urishga erishgan.