14:59 / 04.07.2015
7415

Samarqandda 11 yil avvalgi issiq harorat rekordi yangilandi

3 iyul kuni Samarqandda termometr ko‘rsatkichi +40 haroratni qayd etdi.

Meteorologlarning ma'lumotlariga ko‘ra, bu orqali 2004 yilda o‘rnatilgan issiq harorat rekordi yangilandi.

12news.uz nashirining aniqlik kiritishicha, 2004 yilda Samarqand shahrida +39 darajali issiq harorat kuzatilgan edi.

O‘z navbatida 3 iyul kuni Termizda +44,1 daraja issiq harorat qayd etilgan. O‘zbekistonning eng janubiy shahrida 2003 yilning 3 iyulida termometr ko‘rsatkichi 44,6 darajani ko‘rsatgandi.

Top