21:56 / 04.07.2015
9669

Shvetsiya Rossiya bombardimonchi samolyotlarini ushlash uchun havoga qiruvchi samolyotlar ko‘tardi

Shvetsiya harbiy-havo kuchlari Rossiyaga tegishli ikkita Tu-22 bombardimonchi samolyotini ushlash uchun havoga qiruvchi samolyotlar ko‘tardi. Bu haqda Shvetsiya qurolli kuchlari matbuot xizmati ma'lum qildi.

Shvetsiyalik harbiylarning ma'lumotlariga ko‘ra, bu voqea 4 iyulda ertalabki payt Boltiq dengizining janubiy qismida, Gotland orolidan sharqiy tomonda yuz bergan.

Qayd etilishicha, Shvetsiya havo hududi kesib o‘tilmagan.

Avvalroq Rossiya Mudofaa vazirligida mamlakat harbiy-havo kuchlarining barcha parvozlari neytral hududlar havo hududlaridan foydalanishning xalqaro qoidalariga muvofiq, boshqa davlatlarning chegaralari buzilmagan holda amalga oshirilib kelishi ta'kidlab o‘tilgan.

Top