Chili terma jamoasi yarim himoyachisi Arturo Vidal Chili va Argentina terma jamoalari o‘rtasidagi Amerika kubogi finalining eng yaxshi o‘yinchisi deb topildi. Uchrashuvning asosiy va qo‘shimcha vaqti 0:0 bilan tugagandan keyin amalga oshirilgan penaltilar seriyasida chililiklar 4:1 hisobida g‘alaba qozonishdi.
“Yuventus”ning 28 yoshli futbolchisi 120-daqiqalik o‘yini davomida 53 ta uzatma amalga oshirdi (aniqlik 89 foiz) va ikki marta to‘pni darvozaga yo‘naltirdi. Bundan tashqari, u penaltilar seriyasida ham o‘z urinishini muvaffaqiyatli amalga oshirdi.