12:46 / 05.07.2015
3411

Avstraliyalik velopoygachi “Tur de Frans” velopoygasining tezlik bo‘yicha yangi rekordini o‘rnatdi

VMS jamoasining 25 yoshli avstraliyalik velopoygachisi Roan Dennis “Tur de Frans” velopoygasining butun tarixi davomida musobaqaning birinchi kunida tezlik bo‘yicha yangi rekordni qayd etdi.

Dennis Gollandiyaning Utrext shahrida o‘tkazilgan velopoyganing har bir ishtirokchi alohida-alohida boshlaydigan 1-bosqichida 13,8 km lik masofani 14 daqiqa 56 soniyada bosib o‘tdi. Shu tariqa Dennis aylana trassani o‘rtacha 55,45 km/soat tezlik bilan bosib o‘tdi.

“Tur de Frans” ko‘p kunlik velopoygasi 4-26 iyul kunlari bo‘lib o‘tadi. Sportchilar o‘zlarining “temir otlarida” bu davr mobaynida uchta davlat – Gollandiya, Belgiya va Fransiya hududini bosib o‘tadilar. Poyganing 2-bosqichi 5 iyulda o‘tkaziladi.

“Tur de Frans” 100 yildan ko‘proq tarixga ega. Poyga 21 ta bosqichdan iborat. 2014 yilda ushbu eng nufuzli avtopoygani italiyalik velopoygachi Vinchentso Nibali yutgan edi.

Top