Jahon | 14:56 / 05.07.2015
3571
1 daqiqa o‘qiladi

Bundesver Ukrainadagi harbiy o‘quv mashg‘ulotlarida ishtirok etadi

Ukrainada navbatdagi harbiy o‘quv mashg‘ulotlarida Germaniya armiyasining maxsus bo‘linmalari askarlari ham ishtirok etadi.

dpa agentligi ma'lumotiga ko‘ra, maxsus tayyorgarlikdan o‘tgan nemis harbiylari Rapid Trident nomli piyoda qo‘shinlari hamda Sea Breeze nomli harbiy dengiz kuchlari ishtirokidagi mashg‘ulotlarda qatnashishi rejalashtirilgan.

Nemis askarlari 2014 yilda ham Ukrainadagi shunday harbiy o‘quv mashg‘ulotlarida qatnashgan va bu rasmiy Moskvaning noroziligiga sabab bo‘lgandi.

AQSh rahbarligidagi Rapid Trident-2015 harbiy o‘quv mashg‘ulotlari 20-31 iyul kunlari davomida Ukraina g‘arbidagi Lvov shahridan 50 km masofadagi hududda o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Bu yilgi Rapid Trident mashg‘ulotlarida 18 davlatdan kelgan 1800 nafar askar (o‘tgan yildagidan 600 nafarga ko‘p) qatnashishi ko‘zda tutilgan.

Sea Breeze esa Qora dengiz hududida 31 avgustdan 12 sentabr kunigacha bo‘lib o‘tadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish