Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yevropa Ittifoqi Gretsiyada gumanitar inqiroz yuz bergan taqdirda unga zudlik bilan pul berishga tayyorligini ma'lum qildi
Bryussel Gretsiyada gumanitar inqiroz yuz bergan taqdirda unga zudlik bilan qarz berishga tayyor, deb aytdi Yevroparlament rahbari Martin Shults. Bu haqda Die Welt ma'lum qilmoqda.
“Biz bunga muhtojlik sezayotgan odamlar uchun mablag‘ ajratishimizga to‘g‘ri kelishimiz mumkin. Ushbu maqsadlarda yaqinda Bryusselda jamg‘arma ochiladi. Biz odamlarni kulfatda qoldirmaymiz,”, deb aytmoqda Shults.
Shults Gretsiyada islohotlar rejasi referendumda rad etiladigan bo‘lsa, mamlakatda maoshlar to‘lanishi, tibbiyot tizimi, jamoatchilik transporti ishlashi va energiya yetkazib berilishi xavf ostida qolishi mumkin.