Jamiyat | 12:34 / 05.07.2015
7080
1 daqiqa o‘qiladi

Floridada 5 yoshli qizcha qayiq ichiga tushib qolgan laqqa baliq tufayli halok bo‘ldi

AQShning Florida shtatidagi Suvoni daryosida 2 iyul kuni 5 yoshli qizcha onasi va akasi bilan o‘tirgan qayiq ichiga sakrab tushgan laqqa balig‘ining zarbasidan halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda Assoshieyted Press axborot agentligi.

Agentlikning ma'lumotlariga ko‘ra, ushbu voqea oqibatida qizchaning onasi hamda 9 yoshli akasi ham jarohat olgan. Ular Geynsvill shahridagi shifoxonaga yetkazilganlar. Ularning ahvoli haqida ma'lumot berilmagan.

Ma'lumotlarga ko‘ra, osyotr ikki metrgacha balandlikkacha sakray oladi. Uning uzunligi 2,4 metrgacha, og‘irligi 90 kilogrammgacha yetishi mumkin. Qayd etilishicha, joriy yilda bu yerlarda laqqabaliqning zarbasidan 4 nafar kishi jabr ko‘rgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish