12:43 / 05.07.2015
2220

Jyeb Bush Donald Trampning irqchilik kayfiyatidagi so‘zlarini keskin tanqid ostiga oldi

AQShning Respublikachilar partiyasidan AQSh prezidenti lavozimiga nomzod Jyeb Bush o‘zining partiyadoshi, milliarder Donald Trampning meksikalik muxojirlar haqidagi irqchilik kayfiyatidagi so‘zlari respublikachilar tomonidan ma'qullanmasligini aytib o‘tdi.

“Men u Respublikachilar partiyasi nomidan gapirmoqda va uning qarashlari respublikachilar fikrlari bilan mos tushadi, deb o‘ylayman”, deb aytdi Bush Mustaqillik kuni munosabati bilan o‘tgan paraddan keyin.

Donald Tramp AQSh prezidenti lavozimida ishtirok etishini rasman e'lon qilish paytida AQShdagi meksikalik muxojirlarni jinoyatchilar va zo‘ravonlar deb atagan edi.

“U bu ishni ahmoqligi uchun qilmayapti, u chegarani kesib o‘tayotgan har bir meksikalikni zo‘ravon deb hisoblamaydi. U shunchaki o‘ziga e'tiborni jalb qilmoqchi, chunki bu uning kampaniyasining asosiy usuli hisoblanadi”, deb aytdi Bush.

Avvalroq Lotin Amerikasining bir qator davlatlari go‘zallik tanlovi g‘olibalari Trampning ushbu so‘zlariga norozilik bildirish sifatida u tomonidan qisman moliyalashtiriladigan “Dunyo go‘zali” tanlovida qatnashishdan bosh tortganlari ma'lum qilingandi.

Top