Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kanadada 9 yoshli o‘quvchi 1,8 metrlik baliq tutib oldi
Kanadada 9 yoshli Kigan Rotman ismli maktab o‘quvchisi uzunligi 1,8 metr keladigan osyotr balig‘ini tutib oldi.
Kigan o‘zining ushbu birinchi balig‘ini otasi Den va baliq ovlash bo‘yicha murabbiy Benning yordamida tutishga muvaffaq bo‘ldi, deb xabar bermoqda The Daily Mirror nashri.

O‘quvchi katta o‘lchamdagi baliqni tutish uchun 45 daqiqa vaqt sarflagan.
“Bu men ko‘rgan eng katta baliq. Agar otam va murabbiy yordam bermaganlarida, men bu gigantni tuta olmagan bo‘lardim”, deb aytmoqda o‘quvchi.
Qayd etish joizki, baliq ovlovchilar baliq bilan suratga tushganlaridan keyin uni qo‘yib yuborishgan.
Internet ahli o‘quvchining bunday “o‘ljasidan” hayratda qoldi.
“Osyotr bolaning o‘zidan katta. Bu juda qiziq, lekin shu bilan juda vahimali ko‘rinadi”, deb aytdi foydalanuvchilardan biri.