12:10 / 05.07.2015
1885

La Tercera: Vidal “Real” bilan 5 yillik shartnoma imzolamoqchi

“Yuventus” klubining chililik yarimhimoyachisi Arturo Vidal Madridning “Real” klubiga o‘tishga yaqin turibdi.

28 yoshli futbolchi madridliklar bilan 5 yillik shartnomaning shartlarini kelishib oldi, deb xabar bermoqda Chilining La Tercera nashri.

O‘yinchining Ispaniyaga o‘tishi haqidagi ma'lumotni uning yaqinlari va agenti ma'lum qilganlar.

Manbaning ma'lumotlariga ko‘ra, Vidal “Real”ning yangi bosh murabbiyi Rafael Benitesning asosiy transfer nishoniga aylangan edi.

Avvalroq “Real” klubi Vidalning Amerika kubogi vaqtida mast holatda yo‘l-transport hodisasiga tushganidan keyin uni sotib olish fikridan qaytgani ma'lum qilingandi.

Vidal mashhur Ivan Samoranodan keyin “Real” safida to‘p suradigan ikkinchi chililik futbolchi bo‘ladi.

Top