04:34 / 05.07.2015
3310

Makkeyn: AQSh Afg‘onistondan qo‘shinlarni olib chiqish bo‘yicha o‘z rejasini qayta ko‘rib chiqishi kerak

Afg‘onistondagi vaziyat tufayli AQSh prezidenti Barak Obama ma'muriyati Afg‘onistondan qo‘shinlarni olib chiqib ketish bo‘yicha o‘z fikrini qayta qo‘rib chiqishi kerak, deb aytmoqda respublikachi-senator Jon Makkeyn. Bu haqda Associated Press axborot agentligi xabar bermoqda.

“Bu yilda biz kuzatayotgan IShIDning ko‘tarilishi va to‘qnashuvlar vaqtining aniq boshlanishi tufayli, atrofdagi xavf shu tariqa o‘zgaryaptiki, mening tushunchamda qo‘shinlarni chaqirtirib olish bo‘yicha rejani qaytarib olish dolzarb bo‘lib qolmoqda”, deb aytdi Makkeyn.

Makkeynning aytishicha, Afg‘oniston milliy qo‘shinlari IShID bilan kurashda mardonavor jang qilmoqda, biroq jang maydonida katta talofatlar ko‘rmoqda.

Top