Sport | 21:03 / 05.07.2015
4699
1 daqiqa o‘qiladi

Messi Amerika kubogining eng yaxshi o‘yinchisi uchun beriladigan sovrindan bosh tortdi

BeIN Sports jurnalisti Tankredi Palmeri Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi 2015 yilgi Amerika kubogining eng yaxshi o‘yinchisi uchun beriladigan sovrinni olishdan bosh tortganini ma'lum qilmoqda.

“Aqlbovar qilmas holat. Messi 2014 yilgi Jahon chempionatidagi kabi xo‘rlanishdan qochish uchun Amerika kubogining eng yaxshi o‘yinchisi uchun beriladigan sovrinni olishdan bosh tortdi.

Bu holat marosimning 10 daqiqa kech boshlanishiga sabab bo‘ldi. Tashkilotchilar Messini sovrinni olishga ko‘ndirishmoqchi bo‘lishdi, stadiondagilar esa nima uchun hech narsa bo‘lmayotganidan hayron edilar”, deb yozmoqda Palmeri tvitterda.

Messi ushbu musobaqada 6 ta o‘yinda 1 gol va 3 ta golli uzatma amalga oshirgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish