Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 20:29 / 05.07.2015
2062
1 daqiqa o‘qiladi
Nigeriyada terrorchi-xudkushning cherkovga hujumi oqibatida 15 kishi halok bo‘ldi
Nigeriyaning shimoli-sharqiy qismidagi Potiskum shahrida joylashgan cherkovda terrorchi-xudkush ayolning hujumi oqibatida 15 kishi halok bo‘ldi.
Guvohlarning aytishicha, terrorchi tomonidan yakshanba kunidagi ibodat paytida portlovchi qurilma harakatga keltirilgan. Bu payt cherkovda ko‘p sonda odam bo‘lgan. Portlash oqibatida cherkov pastori ham halok bo‘lgan.
Nigeriyada teraktlar oqibatida 200 ga yaqin odam halok bo‘lgani haqida xabar berilmoqda. Teraktlarni sodir etishda “Boka Haram” guruhi jangarilari gumon qilinmoqda.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish