23:19 / 05.07.2015
9997

Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev “Rossiya 24” telekanalining “Formula vlasti” ko‘rsatuviga intervyu berdi

Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev “Roossiya 24” telekanalining “Formula vlasti” ko‘rsatuvi boshlovchisi Mixail Gusmanga intervyu berdi.

“Men sizga bir nechta gazeta olib keldim. Bular “Pravda”, “Komsomolskaya pravda”. Ular 1940 yilning 6 iyulida chop etilgan. Biroq men u yerda Olma-ota viloyatida bir bola tug‘ilgani haqidagi xabarni topa olmadim... Biroq 2015 yilning 6 iyulida – sizning tug‘ilgan kuningizda butun dunyo gazetalari Qozog‘iston prezidenti Nursulton Abishevich Nazarboyevning yubiley tavallud ayomi haqida yozadilar”, deb Nazarboyev bilan suhbatni boshladi teleboshlovchi.

“Yo‘q, hamma bu kunni Qozog‘istonning yangi poytaxti Ostonaning tug‘ilgan kuni ekanligini eslab yozadilar”, deb ta'kidlab o‘tdi Nazarboyev.

Qozog‘iston prezidenti intervyusida Qozog‘istonning yangi poytaxtining yaratilishi va qurilishi tarixi, Qozog‘istonga dunyoning 50 ta yetakchi davlati qatoriga kirishga imkon bergan kuchli iqtisodiy o‘sish hamda 2015 yilda o‘tkazilgan Qozog‘iston prezidenti saylovlari haqida gapirib berdi.

Ma'lumot uchun, Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev Qozog‘istonning Olma-ota viloyati, Kaskelen tumani, Chemolgan qishlog‘ida 1940 yilning 6 iyulida dunyoga kelgan. “Millat yetakchisi” 2015 yilning 6 iyulida 75 yillik tavallud ayomini nishonlaydi.

Top