Jahon | 22:17 / 05.07.2015
10521
1 daqiqa o‘qiladi

Sankt-Peterburg osmonida noma'lum uchar jism portlab ketdi

Sankt-Peterburg osmonida 5 iyul kuni soat 13:00 atrofida noma'lum uchar obekt portlab ketdi. Voqea guvohlari buni videoga yozib olishdi.

Videoda ko‘rinishicha, uchar jism shahar tomonga uchib kelayotganida portlab ketgan va qoldiqlari turli tomonlarga sochilib ketgan.

Ushbu video “Federalnoye agenstvo novostey” nashri tomonidan internetga joylashtirildi.

Biroq Sankt-Peterburg favqulodda vaziyatlar boshqarmasi osmonda hech qanday favqulodda vaziyatlar qayd etilmaganini ma'lum qildi.

Nashr ushbu noma'lum uchar jismning portlashi harbiy-dengiz salonining yakunlovchi kuni dasturiga kirgan bo‘lsa kerak, deb taxmin qilgan. Biroq salon tashkilotchilari ham bu xabarni tasdiqlashmadi.