23:50 / 05.07.2015
6218

Saudiya Arabistoni harbiy-havo kuchlari Yamandagi bozorni bombardimon qildi

Saudiya Arabistoni harbiy-havo kuchlari 5 iyul kuni Yamanning shimoli-g‘arbida joylashgan Xoja viloyatidagi bozorlardan birini bombardimon qilishi oqibatida 30 kishi halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.

Shu kuni bozorda ko‘plab aholi bo‘lgan. Guvohlarning aytishicha, o‘nlab kishilar yaralangan, biroq hozircha aniq ma'lumotlar berilmagan.

Yamandagi isyonchi xusiychilarga qarshi kurash olib borayotgan Saudiya Arabistoni boshchiligidagi koalitsiya hozircha bu holat bo‘yicha izoh bermadi.

28 iyunda ham koalitsiya samolyotlari Yamanning Adan shahrida joylashgan BMTning Taraqqiyot dasturi (UNDP) qarorgohiga zarba bergan edi. Oqibatda qarorgoh binosiga jiddiy shikast yetkazilgan, qo‘riqchilardan biri yaralangan. BMT bosh kotibi Pan Gi Mun bu zarbalarni qoralab chiqqan.

Top