Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentning "Lokomotiv" jamoasidan 2 yosh futbolchi Angliyaga yo‘l oladi
Toshkentning "Lokomotiv" jamoasi Angliyaning quyi divizion jamoalaridan biri "Flitvud Taun" jamoasi bilan hamkorlik doirasida dastlabki ishlarni boshladi.
"Temiryo‘lchilar" matbuot xizmatida ma'lum qilinishicha, inglizlar jamoasi vakillari Toshkentga kelib, "Lokomotiv" futbol maktabi tarbiyalanuvchilari hamda "Lokomotiv BFK" jamoalari o‘rtasidagi nazorat uchrashuvini tomosha qilishgan.
Ular "Lokomotiv" yoshlari safidan 19 yoshli ikki futbolchini tanlab olishgan va Angliyaga taklif etishgan.
Endi yosh darvozabon Rustam Nortojiyev hamda himoyachi Sergey Proxorov avgust oyida "Flitvud Tavn" jamoasida o‘yinlarga qo‘shiladi va kamida 6 oy davomida "Manchester Yunayted", "Liverpul" hamda "Everton" kabi jamoalarning o‘rinbosarlariga qarshi o‘yinlarda tajriba to‘plashlari mumkin bo‘ladi.