Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sport | 21:14 / 05.07.2015
3195
1 daqiqa o‘qiladi
Yozef Blatter: Men hech narsadan qo‘rqmayman, biroq FIFA barbod qilinishidan xavotirlanmoqdaman
FIFA prezidenti Yozef Blatter tashkilotdagi korruptsion mojaroga o‘z munosabati haqida gapirib o‘tdi.
“FIFA butun futbol, dunyoning qaysidir bir qishlog‘ida bo‘layotgan hodisa uchun javobgarmi?
Hammaning o‘ziga yarasha qo‘rquvi bo‘ladi, masalan, o‘limdan qo‘rquv. Biroq menda FIFAdagi ishim borasida qo‘rquv yo‘q. Men qo‘rqishimga sabab bo‘ladigan narsa ham yo‘q.
Biroq men FIFA, men amalga oshishiga yordam bergan barcha ishlar barbod qilinishidan xavotirlanmoqdaman”, deb aytdi Blatter.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish