Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“VKontakte” asoschisi Snoudenni “qahramon” deb atadi
“VKontakte” ijtimoiy tarmog‘i asoschisi Pavel Durov AQSh markaziy razvedka boshqarmasining sobiq xodimi Edvard Snoudenni “qahramon” deb atadi.
Snouden OAVga AQSh va Buyuk Britaniyaning maxfiy kuzatuv va ayg‘oqchilik dasturlari va faoliyati borasidagi bir qator hujjatlarni taqdim etgani bois qidiruvga berilgan, ikki yil muqaddam Rossiyadan vaqtinchalik boshpana topgan edi.
“U men uchun qahramondir. Biz tengdoshmiz, va milliy xavfsizlik agentligiga qarshi ushbu kurash men qaysidir ma'noda o‘z avlodimning kurashi deb qabul qilaman”, – dedi Durov The Daily Mail nashriga bergan intervyusida.