Sport | 16:29 / 06.07.2015
2827
1 daqiqa o‘qiladi

2018 yilgi jahon chempionatiga qadar Moskvada futbolchilar o‘tishi uchun alohida yo‘llar chiziqlari paydo bo‘ladi

2018 yili bo‘lib o‘tadigan jahon chempionatiga qadar Moskva ko‘chalarida futbol jamoalarning mashinalari o‘tishi yo‘l chiziqlari ajratib beriladi. Bu haqda tadbir transport direksiyasi bosh direktori Terentiy Mesheryakov “Moskva” agentligiga gapirib berdi.
Uning so‘zlariga qaraganda, bunday chiziqlar va yo‘nalishlar chempionatda qo‘llaniladigan eng asosiy obektlarni – aeroportlar, stadionlar, FIFA muxlislari festivali o‘tadigan zona, mehmonxonalarni o‘zaro bog‘laydi. Bu chiziqlar faqat o‘yin kunlari, uchrashuvlardan uch soat oldin va uch soat keyin ishlaydi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish