14:37 / 06.07.2015
2367

Almazbek Atambayev Qozog‘istonga safar uyushtirdi

5 iyul kuni Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayev Qozog‘iston poytaxti Astana shahriga ishchi tashrif uyushtirdi. Bu haqda Zakon.kz nashri Qirg‘iziston prezidentining matbuot xizmatiga asoslanib xabar bergan.

Xabarda aytilishicha, Almazbek Atambayev o‘z safari chog‘ida qo‘shni davlat rahbari Nursulton Nazarboyev bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda ikki tomon uchun dolzarb bo‘lgan turli sohadagi masalalar muhokama etilgan.

Top