Jahon | 17:41 / 06.07.2015
1944
1 daqiqa o‘qiladi

Atambayev Nazarboyevni I darajali “Manas” ordeni bilan taqdirladi

Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev qirg‘izistonlik hamkasbi Almazbek Atambayev bilan uchrashdi. Bu haqda Oq O‘rda matbuot xizmatiga tayangan holda Zakon.kz sayti xabar bermoqda.
Aytilishicha, rahbarlar ikki tomonlama aloqalarning asosiy yo‘nalishlarini va istiqbollarini muhokama qilishgan. Shuningdek, mintaqaviy va xalqaro siyosiy masalalar ko‘rib chiqilgan.
Nazarboyev ikki mamlakat xalqlarining tarixiy va madaniy yaqinligiga alohida e'tibor qaratib, qozog‘istonliklar Qirg‘izistonning barqaror va rivojlangan davlatga aylanishini chin dildan xohlashini ta'kidlab o‘tdi.
Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayev esa o‘z navbatida Nazarboyevni ikki xalq orasidagi do‘stlik rishtalarini mustahkamlashga qo‘shgan hissasi uchun I darajali “Manas” ordeni bilan taqdirladi.
Nazarboyev oliy mukofot uchun qirg‘izistonlik hamkasbiga minnatdorchilik bildirdi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish