22:37 / 06.07.2015
3319

Bo‘stonliqda haydovchini tunab ketgan yo‘lovchi qo‘lga olindi

Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida haydovchi M. O‘lmasni tunab ketgan fuqaro B. Nusratillo qo‘lga olindi. Bu haqda “Postda” gazetasi xabar bermoqda.
Aytilishicha, O‘lmas o‘zining Spark avtomashinasida ketayotganida Nusratillo uni to‘xtatib, G‘azalkent shahrigacha olib ketishni iltimos qilgan. Ammo yarim yo‘lga yetganda u haydovchiga tig‘li jism bilan tahdid qilib, yuziga jarohat yetkazgan, keyin 250 so‘m pulini olib, voqea joyidan yashiringan.

Top