Jahon | 16:36 / 06.07.2015
2217
1 daqiqa o‘qiladi

Yerevan politsiyasi namoyishchilarni hibsga ola boshladi

Yerevan politsiyasi elektr energiyasi tariflarining oshishiga qarshi norozilik namoyishlari ishtirokchilarini hibsga ola boshladi. Bu haqda RIA Novosti agentligi xabar bermoqda.
Aytilishicha, namoyishchilar tirik zanjir yaratib olishgan, politsiyachilar bu zanjirni uzib, faollarni qo‘lga olishga harakat qilmoqda. Shu yo‘l bilan politsiya Bagramyan shohko‘chasini tozalab, avtomobil harakatini yangilamoqchi.
Bundan ilgariroq ko‘chadagi barrikadalar yig‘ishtirilgan edi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish