Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jamiyat | 22:41 / 06.07.2015
4484
1 daqiqa o‘qiladi
Farg‘onada qarindoshlarning janjali tufayli bir kishi pichoqlandi
Farg‘onada ikki qarindoshning kelishmovchiligi qon to‘kilishiga olib keldi. Bu haqda ichki ishlar vazirligining matbuot xizmati xabar qilmoqda.
Farg‘ona tumanida yashovchi N. Olim uyiga tashrif buyurgan qarindoshi Q. Ulug‘bek bilan kelisholmay qoldi. Dahanaki jang mushtlashuvga o‘tib ketdi. Natijada Olim qarindoshining ko‘kragiga tig‘ sanchdi.
Q. Ulug‘bek shifoxonaga yotqizildi, N. Olim esa sudga topshirildi.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish