Jahon | 22:25 / 06.07.2015
2332
1 daqiqa o‘qiladi

Iordaniyada oxirgi 10 yil ichidagi eng katta miqdordagi portlovchi moddalar partiyasi musodara qilindi

Iordaniya xavfsizlik xizmati Eronning “Bayt al-Maqdis” terrorchilik guruhi bilan aloqodorlikda gumon qilinayotgan erkakni qo‘lga oldi. Bu haqda Associated Press axborot agentligi xabar bermoqda.

Politsiyaning taxminicha, qo‘lga olingan erkak qirollikda bir qator teraktlar uyushtirmoqchi bo‘lgan.

Xavfsizlik xizmati erkak yonidan 45 kg kuchli portlovchi modda musodara qildi. Bu Iordaniyada oxirgi o‘n yil ichida ushlangan eng katta hajmdagi portlovchi moddalar partiyasi bo‘ldi.

Ayni paytda G‘arbiy Iordaniya teraktlar ehtimoli tufayli teraktlarga qarshi yuqori tayyorgarlik holatida turibdi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish