Sport | 16:16 / 06.07.2015
2320
1 daqiqa o‘qiladi

Joan Laporta: Messi murabbiy yoki futbolchilarni jamoadan ketkazishni so‘ramasligiga umid qilaman

"Barselona" jamoasi prezidentligi uchun o‘tkaziladigan saylovda g‘alaba qozonish uchun asosiy nomzod sifatida qaralayotgan Joan Laporta kelgusida Lionel Messi jamoa rahbariyatiga biror futbolchi yoki bosh murabbiyni ishdan bo‘shatishini so‘rab, murojaat qilmasligiga umid qilishini aytib o‘tdi.

"Umid qilamanki, Messi hech qachon "murabbiyning boshini so‘ramaydi". Messi inson sifatida hurmatga sazovor shaxs va hech qachon bunday qilishni o‘ziga ep ko‘rmaydi. U shundoq ham maydonda jamoani boshqaradi.

Messi qaysidir futbolchini tarkibdan chiqarishni ham so‘ramaydi. Lekin biz unga o‘zini yaxshi his qiladigan tarkib va o‘yin sharoitini yaratib berishimiz kerak bo‘ladi. U dunyo tarixidagi eng zo‘r futbolchi", deydi Laporta.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish