18:12 / 06.07.2015
1983

Joan Laporta Ramos "Barselona"ga olib kelinmasligini aytdi

«Barselona» klubi prezidentligi uchun nomzod Joan Laporta kataloniyaliklar safiga Madridning «Real» klubi himoyachisi Serxio Ramosning kelib qo‘shilishi imkoniyatlari haqida gapirib o‘tdi.

«Yo‘q, bunaqa bo‘lmaydi. U «Real»ning timsoli», dedi Laporta.

Madridliklar Figuni o‘z saflariga qo‘shib olishgan holatni endi «Barselona» takrorlar balki, qabilidagi savolga Laporta Eto‘O bu borada javob bo‘lganini ta'kidlab o‘tdi.

– Yo‘q, Figu uchun biz Eto’Oni sotib olib orani ochiq qilganmiz. Ko‘z evaziga ko‘z, tish evaziga tish», – deya Laportaning so‘zlaridan iqtibos keltiradi AS.

Top