Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kanadada FIFA amaldorlari hushtakbozlik bilan qarshi olindi
Kanadada bo‘lib o‘tgan futbol bo‘yicha ayollar o‘rtasidagi jahon chempionati taqdirlash marosimi oldidan muxlislar FIFA mansabdor shaxslarini hushtakbozlik bilan kutib olishdi. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar tarqatmoqda.
Manbaning yozishicha, Blatter ishtirok etmagan mazkur musobaqada uning o‘rniga vitse-prezident Issa Ayyatu ishtirok etgan. Oldinroq Blatter FIFA atrofidagi mojarolar barham topmaguncha chetga chiqib tavakkal qila olmasligini ma'lum qilgandi.
FIFA yangi prezidentligi uchun saylovlar muddati ijroqo‘mning 20 iyuldagi navbatdan tashqari yig‘ilishida e'lon qilinadi. Majlis Shveytsariyaning Tsyurix shahrida bo‘lib o‘tadi.