Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
L'Equipe: Pogba "Barselona" tarkibiga 2016 yilning yozida kelib qo‘shiladi
L'Equipe nashrining yozishicha, "Yuventus"ning fransiyalik yarim himoyachisi Pol Pogba "Barselona"ga o‘tish haqida qaror qabul qilib bo‘lgan.
Manbaning ma'lum qilishicha, 22 yoshli ushbu futbolchi 2016 yilning yozida kataloniyaliklar safiga kelib qo‘shiladi.
Ushbu transferning bu yilgi transferlar vaqtidayoq amalga oshirilmasligiga "Barselona"ga nisbatan 2016 yilning yanvarigacha amalda bo‘ladigan taqiqlar mavjudligi sabab bo‘lmoqda.
Pogba o‘zi jamoada Messidan keyin eng ko‘p maosh oladigan futbolchi bo‘lishi evaziga bu taklifni qabul qilgani aytilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, ushbu futbolchiga "Manchester Siti", "Bavariya", "Real", "PSJ", "Manchester Yunayted" va "Chelsi" jamoalaridan ham jiddiy takliflar bo‘lgandi.