08:07 / 06.07.2015
3483

Merkel va Olland 7 iyulda yevrohududning shoshilinch sammitini o‘tkazishga kelishib oldi

Germaniya kansleri Angela Merkel va Fransiya prezidenti Fransua Olland telefon orqali yevrohududning navbatdan tashqari sammitini o‘tkazishga kelishib oldi. Bu haqda Merkel matbuot xizmatiga iqtibos keltirgan holda Reuters axborot agentligi xabar bermoqda.

Sammit 7 iyulda o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda.

Shuningdek, Yevrokomissiya rahbari Jan-Klod Yunker 6 iyulda Yevrokengash rahbari Donald Tusk bilan shoshilinch anjuman o‘tkazadi.

O‘z navbatida, Gretsiya bosh vaziri Aleksis Tsipras Gretsiya hukumati kreditorlar bilan muzokaralarni 6 iyulda qayta boshlashini ma'lum qildi.

Top