22:47 / 06.07.2015
5898

Narendra Modi Islom Karimovga Dehlaviyning “Hamsa” qo‘lyozmasining maxsus nusxasini sovg‘a qildi

6 iyulda O‘zbekistonga ishchi tashrif bilan kelgan Hindiston bosh vaziri Narendra Modi O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov bilan uchrashuvi paytida otasi O‘zbekistondan bo‘lgan, o‘zi esa Hindistonning Uttar-Pradesh viloyatida dunyoga kelgan taniqli so‘fiy shoir Amir Husrav Dehlaviyning “Hamsa” qo‘lyozmasining maxsus nusxasini sovg‘a qildi.

Fors tilida 1298 yilda yozilgan hamda oltin va ultramarin ranglar bilan bezatilgan ushbu qo‘lyozmaning asl nusxasi Dehlidagi Hindiston Milliy muzeyida saqlanadigan jamlananing bir qismi hisoblanadi.

Shuningdek, Narendra Modi fursatdan foydalanib, Islom Karimovni unga qulay bo‘lgan istalgan paytda Hindistonga kelishini taklif qildi.

7 iyul kuni Modi Toshkent markazidagi Mustaqillik va ezgulik monumenti hamda Hindistonning sobiq bosh vaziri Lal Bahodur Shastri yodgorligiga tashrif buyuradi.

Top