Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nigeriyada ikkita terakt oqibatida 51 kishi halok bo‘ldi
Nigeriyaning Jos shahrida sodir etilgan ikkita portlash oqibatida 51 kishi halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda Associated Press axborot agentligi.
Birinchi portlash masjidda, ikkinchisi shahar markazidagi restoranda sodir etildi. Guvohlarning aytishicha, jangarilar masjidni uch tomonidan o‘qqa tutishgan, shundan so‘ng portlash yuz bergan. Ushbu hujum uchun javobgarlikni “Boko Haram” ekstremistik guruhi o‘z zimmasiga oldi.
Bundan bir necha soat oldin Potiskum shahridagi cherkovda terrorchi qiz o‘zini portlatib yuborishi oqibatida 6 kishi halok bo‘ldi.
Nigeriya Favqulodda vaziyatlar milliy agentligining ma'lumotlariga ko‘ra, 67 kishi yaralangan. Politsiyaning qayd etishicha, qutqaruv ishlari olib borilayotgani sababli qurbonlarning aniq soni o‘rnatilmagan.
O‘tgan haftada “Boko Haram” jangarilari mamlakatning shimoli-sharqidagi bir nechta qishloqlarga hujum uyushtirib, 32 ta cherkov va 300 ga yaqin uyni yoqib yuborishgan. Hafta davomida jangarilarning hujumlari oqibatida 300 dan ko‘proq odam halok bo‘lgan.