Jahon | 17:21 / 06.07.2015
5110
1 daqiqa o‘qiladi

Ostonada Qazaq Air aviakompaniyasining taqdimoti bo‘lib o‘tdi

Qozog‘iston poytaxtida yangi Qazaq Air aviakompaniyasining taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Taqdimot chog‘ida aviatashuvchining birinchi borti namoyish qilib berildi. Bu yangi avlod 2 vintli turbovintli Bombardier Dash 8 Q400 samolyotidir. U o‘z toifasida dunyodagi eng tezkor samolyotlardan biri hisoblanadi, yoqilg‘ini esa reaktiv samolyotlarga nisbatan 30 foizga kamroq yeydi.
“Samruq-Qazina” AJ boshqaruvi raisi Umrzoq Shukeyevning ma'lum qilishicha, avikompaniya marshrut tarmog‘ining asosiy qismini mamlakatning turli qismlarini bog‘lovchi reyslar tashkil qiladi.
Qazaq Air AJ loyiha direktori Bler Pollokning so‘zlariga ko‘ra, Bombardier Dash 8 Q400 samolyotining tejamkorligi tufayli chipta narxlari ancha past bo‘ladi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish