18:02 / 06.07.2015
3111

Ozarbayjon harbiy zavodidagi portlash oqibatida 19 kishi aziyat chekdi

Ozarbayjon mudofaa ishlab chiqarishi vazirligining Shirvon shahrida joylashgan “Telemexanika” zavodida sodir bo‘lgan portlash natijasida 19 kishi jarohatlandi. Bu haqda mamlakat sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Aytilishicha, yaralanganlarga voqea joyida birinchi yordam ko‘rsatilgan, ayrimlar Shirvon shahar shifoxonasiga yotqizilgan.
Portlashda bir kishi halok bo‘lgani aytilmoqda. Voqea sabablari surishtirilmoqda. Voqea joyiga mudofaa ishlab chiqarishi vaziri Yovar Jamolov yetib bordi.

Top