Jamiyat | 15:19 / 06.07.2015
8802
1 daqiqa o‘qiladi

Ozodbek Nazarbekov “Tinchlik uchun” nomli loyihada ishtirok etmoqda

Ijtimoiy tarmoqlarda “Tinchlik uchun” so‘zi aks etgan suratlar paydo bo‘ldi. Suratlarda asosan O‘zbekiston xalq artisti Ozodbek Nazarbekov, shoir Botirjon Ergashev hamda bastakor Nodir Umarov aks etgan. Shuningdek, suratlar ichida O‘zbekiston xalq hofizi Orolmirzo Safarov va Alisher Fayz ham qizg‘in ijodiy jarayonda qatnashayotganini ko‘rish mumkin.

Taxminlarga ko‘ra, suratlar “Tinchlik uchun” nomli loyihadan olingan bo‘lib, unda o‘zbek estradasining yulduzlari birgalikda qo‘shiq kuylashadi.

Hozircha bu ma'lumotlar o‘z tasdig‘ini topgani yo‘q. 

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish