12:49 / 06.07.2015
32941

Ozodbek Nazarbekovni shohona dasturxon oldida qayd qilgan video noroziliklarga sabab bo‘ldi

“Darakchi” gazetasida yozilishicha, ushbu videoda qo‘shiqchi o‘ziga xos taom oldida turgani ko‘rinadi. Kattakon idishdagi noz-ne'matlar oqqushlar, tovuslar va kaptarlar bilan bezatilgan edi. Bu taom Nazarbekovning buyurtmasiga ko‘ra maxsus tayyorlangani haqida gap-so‘zlar tarqaldi.
Ramazon oyida bunday isrofgarchilikka yo‘l qo‘yilishiga ko‘plab foydalanuvchilar salbiy baho bergan. 

Ammo qo‘shiqchining ma'muri Nazarbekovning bunga aloqasi yo‘qligini, u shunchaki to‘yda navbatchi ijrochi sifatida ishtirok etganini va taomni ko‘zdan kechirayotganda tasvirga tushib qolganligini aytdi.

Top