Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Putin va Nazarboyev Ukrainadagi vaziyat va Gretsiyadagi referendum natijalarini muhokama qilishdi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev telefon orqali suhbatda Ukrainadagi vaziyat va Gretsiyadagi referendum natijalarini muhokama qilishdi, deb aytilmoqda Kremlning rasmiy saytida.
Qayd etilishicha, Putin suhbat davomida Nazarboyevni 75 yillik tavallud ayyomi bilan tabrikladi.
“Suhbat davomida Rossiya-Qozog‘iston strategik hamkorligi, Yevroosiyo integratsiyasining yanada rivojlanishining dolzarb masalalari hamda bir qator xalqaro mavzular, jumladan Ukrainadagi vaziyat va Gretsiyadagi referendum natijalari muhokama qilindi”, deb aytilmoqda xabarda.