Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘istonlik haydovchilarga faralarni o‘chirishga ruxsat beriladi
Qozog‘iston parlamenti yo‘l qoidalariga o‘zgartish kiritishni muhokama qilmoqda. Unga ko‘ra, mashinalarga aholijoylarda kunduz kuni chiroqni o‘chirib yurishga ruxsat beriladi. Bu haqda Auto.mail.ru xabar bermoqda.
O‘tgan yili qabul qilingan “Yo‘l harakati to‘g‘risida”gi qonunda aholijoylardan o‘tganda kunduz kuni yaqin masofa chirog‘ini yoqish qoidasi kiritilgan edi. Bu qoida ko‘pchilikning e'tiroziga sabab bo‘ldi. Ko‘plab haydovchilarning fikricha, faralar shaharda kerak emas va hatto xavfli bo‘lishi mumkin, negaki avtomobillar elektr tarmog‘iga ortiqcha yuk bo‘ladi.
Deputat To‘lagan Ibrayevning aytishicha, bu me'yor xavfsizlikni ta'minlab bermaydi, Qozog‘istonda eski mashinalarning ko‘pligi tufayli elektr jihozlarning qizib ketishi ularga qo‘shimcha xavf tug‘dirishi mumkin.
“Men bu me'yor masalasida haydovchilar bilan gaplashdim. Ularning so‘zlariga qaraganda, avtostradalarda bu kerak bo‘lib qoladi, shaharlarda esa yomon oqibatlarga olib kelishi mumkin”, – ta'kidlab o‘tdi qonunchi.