Jahon | 17:54 / 06.07.2015
2966
2 daqiqa o‘qiladi

Qozog‘istonlik tadbirkorlar ShHT davlatlariga milliy valyutalarda hisob-kitob qilishni rivojlantirishni taklif qilishmoqda

Dunyoning moliyaviy bozorlaridagi murakkab vaziyat Shanxay hamkorlik tashkiloti doirasida moliya-valyuta sohasida hamkorlikni, jumladan milliy valyutalarda hisob-kitob qilishga o‘tish masalasini muhokama qilishning zarurligini uqtirmoqda. Bunday fikrni Ufada bo‘lib o‘tadigan ShHT davlatlari sammiti oldidan Qozog‘iston tadbirkorlari milliy palatasi “Otamakon” boshqaruvi raisi o‘rinbosari Rahim O‘shaqboyev bildirib o‘tdi.

“Moliyaviy bozorlarda hozirgi barqarorsizlik sharoitlarida milliy valyutalarda hisob-kitob qilishni rivojlantirish istiqbolli yo‘nalish hisoblanadi”, deb aytmoqda O‘shaqboyev.

Shu munosabat bilan O‘shaqboyev 2014 yilning 14 dekabrida Qozog‘iston Milliy banki va Xitoy Xalq banki qozoq tengesi/xitoy yuanini valyuta ayirboshlash haqidagi kelishuvni imzolashdi.

“7 mlrd yuan/200 mlrd tenge miqdorida kelishuv tuzildi. Bu mablag‘lar milliy valyutalarda ikki davlat o‘rtasidagi savdoni moliyalashtirish uchun ishlatilishi mumkin, bu tadbirkorlarning valyuta risklarini ancha kamaytiradi”, deb qo‘shimcha qilmoqda O‘shaqboyev.

O‘shaqboyevning aytishicha, ShHT doirasida “taraqqiyot institutlari: Taraqqiyot banki va ShHT taraqqiyot banki yaratish rejalari mavjud”. “Gap ShHT davlatlariga, shu jumladan Qozog‘istonga qo‘shimcha investitsiyalar kiritish haqida ketmoqda va bunday faoliyatni faqat olqishlash mumkin”, deb aytmoqda O‘shaqboyev.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish