Sport | 12:29 / 06.07.2015
2065
1 daqiqa o‘qiladi

"R-Sport": Arshavin "Krasnodar" safiga o‘tadi

"Zenit" jamoasining sobiq futbolchisiga aylangan Andrey Arshavin "Krasnodar"ga o‘tishga yaqin turibdi.

"R-Sport" nashrida yozilishicha, futbolchi 6 iyul kuni "Krasnodar" bilan shartnoma imzolaydi.

Manbaning yozishicha, Arshavin bilan 1 yil muddatga shartnoma imzolanadi.

Biroz oldinroq, krasnodarliklar bosh murabbiyi Oleg Kononov Arshavin bilan shartnoma tuzilishi haqidagi ehtimolni "aqlga sig‘maydigan gap" sifatida baholagandi.

Arshavinga "Kuban" jamoasidan ham taklif mavjudligi aytilgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish