Sport | 15:59 / 06.07.2015
2705
2 daqiqa o‘qiladi

Rossiyada futbolga qiziquvchilar miqdori keskin darajada kamaydi

Futbol sportiga befarq rossiyaliklar miqdori tarixiy rekord darajasida o‘sgan. Bu haqda Butunrossiya jamoatchilik fikrini o‘rganish markazining statistik ma'lumotlarida xabar qilingan.

Unga ko‘ra, 2014 yilning iyun oyi holatiga ko‘ra, Rossiyada futbol o‘yinlarini 48 foizlik aholi kuzatib borgan. Oxirgi so‘rovnoma natijalariga ko‘ra esa, 73 foiz so‘raluvchi o‘zining futbolga nisbatan befarqligini bildirgan.

Ayni vaqtda 8 foiz rossiyalik o‘zini futbolning haqiqiy muxlisi deb biladi. So‘rovnomada qatnashganlarning 19 foizi futbol o‘yinlarini ahyon-ahyonda ko‘rishini aytgan.

2014-2015 yilgi Rossiya chempionatini futbol muxlislarining 73 foizi kuzatib borgan, ulardan atigi 25 foizlik qismi o‘yinlarning hammasini ko‘rishga harakat qilgan, 48 foizi esa internet nashrlar orqali natijalarni bilish bilan kifoyalangan.

Rossiya terma jamoasi bosh murabbiyi masalasida o‘tkazilgan so‘rovnomada esa, muxlislardan har ikkinchisi Fabio Kapello o‘z o‘rnini bo‘shatib qo‘yishi kerakligini aytgan. So‘raluvchilarning 19 foizi Kapello o‘z lavozimida qolishi kerak deb hisoblashini ma'lum qilgan bo‘lsa, 23 foizi bu mavzu o‘zini umuman qiziqtirmasligini bildirgan.

Ushbu so‘rovnoma Rossiya federatsiyasining 130ta aholi yashash punktini qamragan va 1600 nafar futbol muxlisi so‘roqqa tutilgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish