Texnologiya | 15:38 / 06.07.2015
6149
2 daqiqa o‘qiladi

SAAB “arvoh” suv osti kemasini quradi

Shvetsiyaning SAAB kompaniyasi “stels” toifasidagi eng zamonaviy suv osti kemasini qurishini ma'lum qildi. A26 submarinasi “arvoh” rejimiga kirganida radarlarda mutlaqo ko‘rinmaydi. Maxsus bo‘linmaning qo‘shilishi esa maxsus qism g‘avvoslariga suv ostidan kemaga kirib-chiqish imkoniyatini beradi.
SAAB shu turdagi ikki kemani yetkazib berish bo‘yicha Shvetsiya harbiy dengiz kuchlari bilan 1 mlrd dollarlik shartnoma imzoladi. Shuningdek, kompaniya Gotland toifasidagi ikki submarinani modernizatsiya qiladi. A26 submarinalarni yetkazib berish 2022 yili boshlanib, 2024 yili yakunlanishi rejalashtirilmoqda.
Suv osti kemasining uzunligi 63 m, kengligi 6.4 m, u 45 kun davomida oddiy rejimda ishlashi, 18 kun davomida suv ostidan chiqmasligi mumkin. submarinaning suv sig‘imi 1.9 ming tonna, sho‘ng‘ish chuqurligi – 200 m. Kema ekipaji 26 kishidan iborat bo‘ladi.
Submarinaning modul dizayni uni modernizatsiya qilish jarayonini yengillashtiradi va arzonlashtiradi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish