15:35 / 06.07.2015
2761

Shastri haykali atrofidagi hudud obodonlashtirildi

Toshkentdagi Shastri ko‘chasida joylashgan, Hindistonning ko‘zga ko‘ringan davlat arbobi va sobiq bosh vazirlaridan biri La'l Bahodir Shastrining haykali atrofidagi hududda obodonlashtirish ishlari olib borildi, deb xabar bermoqda "Gazeta.uz".
Ushbu tayyorgarlik ishlari Hindiston bosh vaziri Narendra Modining O‘zbekiston 6-7 iyul kunlari amalga oshiradigan safari munosabati bilan amalga oshirildi.
Shastri 1966 yili Toshkentda Hindiston va Pokiston o‘rtasidagi tinchlik deklaratsiyasini imzolash uchun tashrif buyurib, shu yerda vafot etgan edi. Uning sharafiga qo‘yilgan haykalga deyarli barcha xorijiy delegatsiyalar tashrif buyuradi. Shu bois shaharni obodonlashtirish xizmatlari ushbu obektni doimiy nazorat ostida tutadilar.

Top