21:25 / 06.07.2015
3450

Shumaxerning qizi o‘smirlar o‘rtasida ot choptirish bo‘yicha Yevropa chempioni bo‘ldi

“Formula-1” avtopoygasining yetti karra chempioni Mixael Shumaxerning qizi Jina Mariya Shumaxer o‘smirlar o‘rtasida ot choptirish bo‘yicha Yevropa chempioni bo‘ldi.

Musobaqada 9 ta davlatdan 46 nafar yosh sportchi ishtirok etdi. Jina Mariya ushbu g‘alabasi bilan Germaniya terma jamoasiga jamoaviy hisobda g‘olib bo‘lishga yordam berdi.

Shumaxerning yana bir farzandi – o‘g‘li Mik “Formula-4” sinfidagi avtopoygalarda ishtirok etadi.

Top