Sport | 13:58 / 06.07.2015
1890
1 daqiqa o‘qiladi

Sterling «Manchester Siti»ga o‘tishi evaziga o‘z agentidan 4 mln funt olishi mumkin

The Telegraph nashrida yozilishicha, "Liverpul" hujumchisi Sterling 50 million funt evaziga "Manchester Siti"ga o‘tsa, 4 million funt ishlab oladi

Shartnomaga ko‘ra, transferning 10 foizi agent Eydi Uordning gonorari hisoblanadi. Sterling ushbu mablag‘ning yarmiga egalik qilishi kutilmoqda.

Agarda tomonlar kelishuvga erishsa, 20 yoshli Rahim Sterling "Manchester Siti" bilan 5 yillik shartnoma imzolaydi va haftasiga 100 ming funt maosh oladi.

Bundan oldin "Liverpul" "shaharliklar"ning 25 mln va 40 mln funtlik taklifdarini rad etgandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish