Jahon | 20:09 / 06.07.2015
13938
1 daqiqa o‘qiladi

Ufadagi Shanxay hamkorlik tashkiloti sammiti Rossiya va O‘zbekiston prezidentlari uchrashuvi bilan ochiladi

Ufadagi Shanxay hamkorlik tashkiloti sammiti 10 iyulda Rossiya Prezidenti Vladimir Putin va O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov suhbati bilan ochiladi, deb habar bermoqda Gazeta.uz. ShHTda raislik qilish huquqi bir yilga Rossiyadan O‘zbekistonga o‘tmoqda.

“Bu o‘ziga xos estafeta tayoqchasini uzatish bo‘ladi”, dedi Kreml vakili OAV vakillari bilan muloqot chog‘ida.

ShHTga a'zo davlatlar rahbarlari kengashi kun tartibida tashkilotning yanada rivojlanishi, uning xalqaro maydondagi, dunyo va mintaqaning dolzarb masalalarini hal qilishdagi rolini mustahkamlash masalasi ko‘riladi. ShHT yetakchilari katta miqdordagi hujjatlarni, jumladan ShHTning 2025 yilgacha rivojlanish strategiyasini tasdiqlashlari kerak bo‘ladi. Shuningdek, sammitda ShHTga Hindiston va Pokistonning qabul qilinishi tartibotining boshlanishi haqidagi qaror qabul qilinishi kutilmoqda. Sammit yakunlariga ko‘ra Ufa deklaratsiyasi imzolanadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish