13:22 / 06.07.2015
2826

Xitoy: Hindiston va Pokistonning ShHTga kirish ular o‘rtasidagi munosabatni yaxshilaydi

Hindiston va Pokistonning Shanxay hamkorlik tashkilotiga a'zo bo‘lishi ular o‘rtasidagi munosabatlarning yaxshilanishiga olib keladi. Bu haqda XXR TIV o‘rinbosari Chen Gopin bayonot berdi.
8-10 iyul kuni Boshqirdiston poytaxti Ufada ShHT va BRIKSning navbatdagi sammitlari bo‘lib o‘tadi. 2015 yili Rossiya har ikki tashkilotga ham raislik qilmoqda. ShHT sammitida tashkilotning kengayishi boshlanishi ma'lum qilinishi kutilmoqda. Bugungi kunda uning tarkibiga Xitoy, Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, O‘zbekiston, Tojikiston kiradi. Shuningdek, Mo‘g‘uliston, Hindiston, Eron, Pokiston va Afg‘oniston kuzatuvchi maqomiga ega.
2014 yil sentabrida Hindiston va Pokiston tashkilotning to‘laqonli a'zosiga aylanish uchun rasmiy murojaat bilan chiqishdi.
“Albatta, ikki davlat o‘rtasida kelishmovchiliklar mavjud. Bunga tarixiy sabablar bor. Lekin bu ular o‘rtasida do‘stona aloqalarni o‘rnatishga to‘sqinlik qilmaydi. Bu ikki davlatning ShHT ishiga jalb qilinishi nafaqat tashkilotning yaxshilanishiga ko‘mak beradi, balki ular o‘rtasida do‘stona aloqalarning o‘rnatilishiga yordam berishi mumkin”, – ta'kidlab o‘tdi Chen Gopin XXR raisi Si Tszinpinning ShHT va BRIKS sammitida ishtirok etishi munosabati bilan tashkil qilingan mahsus brifingdagi chiqishida.

Top