09:59 / 07.07.2015
14966

2015 yilgi test sinovlarida qaysi fanga necha ball berilishi e'lon qilindi

Ko‘pchilik abituriyentlarni qiziqtiradigan asosiy savollardan biri, bu o‘zi tanlagan va hujjat topshirmoqchi bo‘lgan ta'lim yo‘nalishida qaysi fanlardan imtihon bo‘ladi hamda qaysi biriga necha ball berilishidir. Ular yuqoridagi asoslarga qarab tayyorgarlikka kuchlarini taqsimlashadi.

O‘zbekiston Respublikasi ta'lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasining 2015 yil 27 iyundagi 1-son bayoni asosida O‘zbekiston Respublikasi oliy ta'lim muassasalari ta'lim yo‘nalishlari ro‘yxati va test bo‘yicha ularga muvofiq keluvchi fanlar majmuasi tasdiqlandi. Bu haqda «Xushnudbek.uz» xabar beradi.

Ma'lum qilinishicha, barcha yo‘nalishlarga ingliz tili fani qo‘shilishi yoxud 3-blok ona tili va adabiyoti bo‘lgan yo‘nalishlarda 36 ta savolning 18 tasi ingliz tili fanidan bo‘lishi haqidagi mish-mishlar o‘z isbotini topmagan.

Test sinovlarida qaysi fanga necha ball berilishi haqidagi to‘liq ro‘yxat bilan «Xushnudbek.uz» saytida tanishish mumkin.

Top